Avicii
| Avicii | |
| Tim Berg | |
Avicii sahnada, Parij, 2011 |
|
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | Tim Bergling |
| Tavalludi sanasi: | 8-sentabr, 1989 (23 yoshda) |
| Tavalludi joyi: | Stokgolm, Shvetsiya |
| Faoliyat yillari: | 2007-yildan beri |
| Janr: | House |
| www.avicii.com | |
Avicii (talaffuzi: Avichii;[1] 8-sentabr, 1989), asl ismi Tim Bergling, shved DJ, remixer va produseridir.[2] Uning debut singli "Seek Bromance" Belgiya, Fransiya, Niderlandiya, Birlashgan Qirollik, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda yuqori 20 talikka kirdi. 2011-yili Avicii "Levels" qoʻshigʻini chiqardi (unda Etta Jamesning "Something's Got a Hold On Me" ashulasi sempl qilingan), u Hindiston, Xorvatiya, Bosnia, Avstriya, Belgiya, Daniya, Olmoniya, Yunoniston, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya va Birlashgan Qirollikda yuqori 10 talikka kirdi, Mojariston, Norvegiya va Shvetsiyada esa birinchilikni oldi.
2011-yilda Avicii DJ Magazine taʼsis etgan Eng Yaxshi DJlar 100 ligida 6-raqamni egalladi.[3] 2012-yili Avicii Miami, Floridadagi Ultra Music Festivalda asosiy ijrochi boʻlib, Madonna bilan sahnaga chiqdi.
Manbalar [tahrir]
- ↑ How To Pronounce Avicii, YouTube
- ↑ AVICII: Biography. The DJ List. 4 June 2011.
- ↑ DJ Mag. DJ Mag. 13 December 2011.