Aviadesant tanki
Aviadesant tanki – harbiy desant qoʻshinlari tarkibida turli maqsadlarda foydalaniladigan, butun-lay zirxlangan, ixcham, har qanday sha-roitda yurishga moʻljallangan jangovar mashina (yengil tank). Ogʻirligi 7–8 t. Desant tushiriladigan joyga Aviadesant tanki sa-molyot yoki vertolyotda yetkaziladi va yerga parashyutda tushiriladi yoki samolyot (vertolyot) aerodrom yoki qoʻnish maydo-niga qoʻngandan soʻng yerga tushiriladi. Zamonaviy Aviadesant tanki bemalol aylana oladi-gan minoraga oʻrnatilgan turli zamba-rak va pulemyotlar bilan ta’minlangan. U dushmanning poʻlat zirxli turli xil oʻt ochish vositalariga va jonli kuchiga zar-ba bera oladi. Aviadesant tanki 2-Jahon urushida qoʻllanilgan va hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |