Audit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Audit — korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir.


Audit (ing . audit — u eshitadi) — mu-ayyan vakolatlar berilgan shax-slar — auditorlar (auditorlar firma-lari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan mo-liyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida o‘tkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki A. va tashqi A. turlari bor. Ichki A. boshqaruvning korxona xo‘jalik fao-liyati to‘g‘risida axborot olish, mene-jerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini ko‘zlaydi. Tashqi A. o‘zaro mustaqil tomonlar (kor-xona va auditorlik firmasi) o‘rtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. A.da korxona moliyaviy hisobotining to‘g‘riligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi. A. yo‘nalishiga ko‘ra umu-miy A. (korxonalar, birlashmalarning tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulk-chilik turlaridan qat’i nazar), bank A., sug‘urta tashkilotlari A., investitsiya institutlari A. va b.ga bo‘linadi (q. Au-ditorlik xizmati). [1]

Auditor firmalar odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat koʻrsatadi va toʻliq mustaqillikga ega boʻladi. Ular, oʻz ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat koʻrsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni taʼminlaydi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil