Attashe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Attashe (frans. — aynan, berkitilgan) — 1) 1-diplomatik martaba. Attashe martabasi deyarli barcha davlatlar qonun hujjatlariga binoan tashqi ishlar vaziri buyrug‘i b-n diplomatik vakolatxonalar va idoralarning 2 — 3 yillik ish tajribasi boʻlgan xodimlariga beriladi; 2) harbiy, harbiy-dengiz, harbiy-havo Attashelari — oʻz mamlakati tegishli qoʻshinlar turlarining Attashe xizmat kilib turgan boshqa bir davlat qurolli kuchlari hududidagi diplomatik vakolatxonasining lavozimdor shaxslari, ular diplomatik vakilga barcha harbiy masalalar bo‘yicha yordam koʻrsatishadi. Mavqeiga ko‘ra, harbiy Attashelar diplomatga tenglashtirilib, diplomatik korpus tarkibiga kiritiladi va diplomatik imtiyozlar va daxleizlik huquqiga ega bo‘ladi; 3) savdo, moliya, q. x., fan va texnika, baliqchilik, shuningdek madaniyat hamda matbuot bo‘yicha attashe — diplomatik vakolatxonaning mazkur sohalarga oid masalalar b-n shug‘ullanuvchi xodimlari, diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik huquqiga, matbuot bo‘yicha attashe esa diplomat martabasiga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil