Atom yadrosi momentlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atom yadrosi momentlari — Atom yadrosining mexanik moment (spin) I, magnit moment va elektr momentlari. Atom yadrosini tashkil qiluvchi nuklonlar yadrodagi harakatlari tufayli orbital harakat miqdori momenti (l) ni hosil kiladi. Nuklon spini bilan qoʻshilib, nuklonning toʻla momentini tashkil qiladi. Atom yadrosining mexanik momenti yadroni tashkil qiluvchi nuklonlarningu lari kombinatsiyasi yigʻindisiga teng boʻladi. Odatda, atom yadrosining mexanik momenti shu yadroning spini deb ataladi. Atom yadrosining magnit momenti uni tashkil qiluvchi nuklonlarning xususiy magnit momentlari yigʻindisidan iborat. Atom yadrolari magnit momentlardan tashqari elektr momentlarga ham ega boʻladi. Bu momentlar yadrodagi zaryadlarning taqsimlanishiga bogʻliq[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil