Arseniy Stadnitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avksentiy Georgiyevich Stadnitskiy
Арсений (Стадницкий)
Tavalludi 3-fevral 1862-yil
Bessarabiya viloyati, Xotin uyezdi, Komarovo qishlogʻi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 10-fevral 1936-yil(1936-02-10)
(74 yoshda)
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Mitropolit
Faoliyat yillari 1899—1936

Mitropolit Arseniy (dunyoviy ismi Avksentiy Georgiyevich Stadnitskiy; 1862-yil 3-fevral, Bessarabiya viloyati, Xotin uyezdi, Komarovo qishlogʻi – 1936-yil 10-fevral, Toshkent) – pravoslav rus cherkovi yepiskopi, Novgorod, Startor, Toshkent va Turkiston mitropoliti (1933—1936). 1907-yilda Rossiya imperiyasi Davlat kengashi aʼzosi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pskov arxiyepiskopi Arseniy Stadnitskiy

Arseniy Stadnitskiy 1862-yil 3-fevralda Georgiy Grigoryevich Stadnitskiy (1824—1901) oilasida tugʻilgan. Onasi Mariya Avksentyevna Gepetskaya, opasi Yelizaveta Georgiyevna Stadnitskaya (?—1894)[1]. Akasi shifokor Mixail Georgiyevich Stadnitskiy (? – 1918)[2].

Yedinetdagi ilohiyot maktabini (1874) va Kishinyov diniy seminariyasini (1880) tugatgan. 1880-yil sentyabrdan 1881-yil iyungacha Yedinet ilohiyot maktabida geografiya, cherkov qoʻshiqchiligi va xattotlik oʻqituvchisi boʻlgan. Keyin u Kiyev diniy akademiyasida tahsil oldi, uni 1885-yilda ilohiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi bilan tugatdi.

Arseniy Stadnitskiy dissertatsiya uchun materiallar toʻplash paytida ikki marta chet elga sayohat qildi: 1888-yilda Avstriya-Vengriyaga va 1890-yilda Ruminiyaga.

1885-yildan Kishinyov diniy seminariyasida qadimgi yunon, keyin cherkov qoʻshiqchiligi (1886-1892) va dogmatik ilohiyot (1892 yildan) oʻqituvchisi boʻlgan. 1895-yilda u inspektor boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, u Kishinyov yeparxiyasi gazetasining muharriri, yuzga yaqin maqolalarning muallifi hisoblanadi. Asosan cherkov tarixi haqida maqolalar yozgan. Moskvadagi missionerlik kongresslari ishtirokchisi (1887, 1891), Kishinyov yeparxiyasida missionerlik faoliyatini nazorat qilish qoʻmitasi aʼzosi (1892) boʻlgan.

Moskva diniy akademiyasi tarixidagi muhim voqea 1900-yilda Bishop Arseniy boshchiligidagi bir guruh talabalar va oʻqituvchilarning Falastin va Yaqin Sharq mamlakatlariga qilgan ziyorat safari boʻldi. Sayohat natijasida u tomonidan tahrirlangan va nashr etilgan „Muqaddas xotiralar yurtida“ kitobi chop etildi. Kitobda 60 ta fotosurat mavjud boʻlib, ularning aksariyati yepiskop Arseniy tomonidan olingan.

1925—1926-yillarda Poltoratsk (Ashxobod), 1926—1936-yillarda Toshkentda surgunda boʻlgan.

1933-yil 11-avgustdan Toshkent va Turkiston mitropoliti boʻlgan.

U Toshkentda vafot etgan. Botkin qabristoniga, mitropolit Nikandr Fenomenov qabri yoniga dafn qilingan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Одинцов М. И. Высокопреосвященнейший Арсений (Стадницкий), митрополит Ташкентский и Туркестанский (1862—1936) // Церковно-исторический вестник. 2002. — № 9. — С. 109—145.
  • Волков В. А., Куликова М. В., Логинов В. С.. Московские профессора XVIII — начала XX веков. Гуманитарные и общественные науки, 2000 экз, М.: Янус-К, 2006 — 19—20 bet. ISBN 5—8037—0318—4. 
  • Стыкалин А. С., Колин А. И. Румыния 1905 г. глазами будущего Бессарабского митрополита (Wayback Machine saytida 2022-01-15 sanasida arxivlangan) // Макарьевские чтения: материалы 11 международной научно-практической конференции (21-24 сентября 2016) / ред. Ф. И. Куликов. — Горно-Алтайск : РИО ГАГУ, 2016. — 242 с. — С. 136—142.
  • Кошелева В. А. Научно-педагогическая деятельность Митрополита Арсения (Стадницкого) // Патриарх Сергий и церковно-государственные отношения в ХХ веке: трудный путь к сотрудничеству : Материалы Всероссийской научно-практической конференции с международным участием, Арзамас, 25-26 мая 2017 года / Ответственный редактор С. Н. Пяткин. — Арзамас: Арзамасский филиал Национального исследовательского Нижегородского государственного университета им. Н. И. Лобачевского, 2017. — С. 85-95.
  • Озмитель Е. Е. Ссыльное духовенство в письмах и воспоминаниях. Митрополит Арсений (Стадницкий) в Средней Азии // Восток свыше. Духовный литературно-исторический журнал. — Ташкент, 2021. — Вып. 2 (56). — С. 21-32.
  • Озмитель Е. Е. Среднеазиатские страницы биографии митрополита Арсения (Стадницкого): 1924–1936 гг. // Вестник ПСТГУ. Серия II: История. История Русской Православной Церкви. — 2022. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]