Archman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Archman — Turkmanistonning Kopet-dogʻ etaklaridagi shifobaxsh suv-li kurort. Archman temir yoʻl stansiyasidan 9 km narida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yozi juda issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°). Kam vodorod sul-fidli mineral buloq suvlari vannaga tushish va ichish uchun ishlatiladi. Qon aylanish, ovqat hazm qilish, harakat va tayanch organlari kasalliklarida, teri, ginekologik kasalliklarda tavsiya eti-ladi. Sanatoriy, vanna qabul qilish bi-nosi bor. Yil boʻyi ishlaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil