Arabcha atirgul ichimligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atirgul sharbati — arabcha ichimlik turi

Masalliqlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ikki stakan gulli suv
  • 3 stakan suv
  • 1 Stakan shakar
  • yarim choy qoshiq limon kislotasi
  • bir dona gul

Tayyorlash usuli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozonga shakar solinadi, soʻngra unga suv qoʻshiladi. Masalliqlar shakar eriguncha yaxshilab aralashtiriladi, soʻngra qaynab, siropga aylanguncha oʻrta olovda qoldiriladi. Gul suvi qoʻshiladi va aralashmani yaxshilab aralashtirib turiladi. Limon kislotasi qoʻshiladi va aralashtirishda davom etiladi. Aralashmani toʻliq sovushga qoldiriladi. Gul barglari qoʻshiladi va yaxshilab aralashtiriladi, soʻng idishga solinadi va muzlatgichga 6 soatga qoʻyiladi. Gul barglaridan sirobni toʻkib tashlanadi va stakanlarga quyiladi. Ichimlikka muz qoʻshiladi, Atirgul sharbati taqdim qilinishga tayyor.

Atirgul sharbatining foydalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siydik tizimi, yoʻgʻon ichak va oshqozon infeksiyalari kabi koʻplab ichki kasalliklarni davolaydi. Paxta parchasini atirgul sharbatiga botirib, keyin koʻzga qoʻyilsa, tirnalish va koʻz yarasi davolanadi. Shuningdek, u baʼzi teri infeksiyalarini davolashda yordam beradi, terini tinchlantiradi, uning qichishishini oldini oladi va teri allergiyasini samarali davolaydi. U asablarni tinchlantiradi va stress, depressiya va xavotirni davolaydi. Undan samarali natijaga erishish uchun atirgul sharbatini har kuni ichish yoki bir necha daqiqa davomida atirgul suvi yogʻi bilan nafas olish foydalidir. Uyqusizlikni oldini oladi. U viruslarga qarshi vosita hisoblanadi, chunki bu sharbat inson tanasining immunitetini oshiradi va kuchaytiradi, shu tariqa har xil kasalliklardan, ayniqsa, organizm uchun koʻplab sogʻliq muammolarini keltirib chiqaradigan virusli infektsiyalardan saqlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

•"Arab mamlakatlari madaniyati va anʼanalarini oʻrganamiz" Toshkent-2022