Arab boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arab bo'risidan yoʻnaltirildi)

Arab boʻrisi — dastlab Arabiston yarim orolida tarqalgan oddiy boʻrining (Canis lupus arabs) kichik turi, hozirda Isroil janubida, Ummon, Yaman, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Sinay yarim orolining ayrim cheklangan hududlarida uchraydi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab boʻrisining urgʻochisi.

Arab boʻrisi choʻlda yashashga moslashgan oʻrta boʻyli boʻri boʻlib, uning balandligi taxminan 66 sm va ogʻirligi 18 kilogrammni tashkil qiladi. Quloqlari boshqa boʻrilardan farqli, tana oʻlchamiga nisbatan nomutanosib ravishda katta tuzilgan. Bu esa tananing termal nurlanishini tarqatish uchun vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, arab boʻrilari katta toʻdalarda yashamaydilar, lekin uch-toʻrtta hayvondan iborat juft yoki guruhlarda ov qilishadi. Yana bir gʻayrioddiy kichik tur — bu boʻrilarning qanday ovoz chiqarishini hech kim eshitmagan[1]. Arab boʻrisi boshqa boʻrilar orasida ham oʻziga xos xususiyatga ega, chunki uning panjalaridagi oʻrta ikki barmoq bir-biriga yopishgan boʻlib, bu xususiyat avvallari gienalarga xos boʻlgan[2]. Boshqa boʻrilar singari, arab boʻrisining koʻzlari sariq, baʼzilari jigarrang boʻlsa-da, bu turning bir qismi endi naslli emasligini va ularning ajdodlari yovvoyi itlar bilan aralashganligini koʻrsatadi.

Ozuqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab boʻrilari qoʻchqordek kattalikgacha boʻlgan har qanday uy hayvonlariga hujum qilib, yutib yuborishi mumkin. Buni oqibatida, dehqonlar ularni otib, zaharlab, ularga tuzoq qoʻyadi. Suningdek, quyonlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar va turli oʻlik hayvonlar ham arab boʻrilari uchun ozuqa boʻlib xizmat qiladi.

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ummonda ov taqiqlanganidan keyin boʻrilar soni sezilarli darajada oshdi. Nisbatan yaqin kelajakda mintaqaning bir qancha hududlarida arab boʻrilari populyatsiyasining tiklanishi ehtimoli katta. IsroildagiNegev va Aravada bu boʻrilar soni 100-150 tani tashkil qiladi.

Aholi eʼtiqodida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining diniy eʼtiqodiga koʻra, Arab boʻrisi koʻpincha Muqaddas Yozuvlarda (Sirax 13:21; Matto 7:15) suruvlarning dushmani, xiyonat, shafqatsizlik va qonxoʻrlikning ramzi sifatida tilga olingan. Benyamin qabilasi jangariligi uchun boʻriga qiyoslangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lopez, Barry. Of wolves and men, 1978 — 320 bet. 
  2. Macdonald, David. The Velvet Claw, 1992 — 256 bet.