Arab-amerika neft kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ARAB-AMERIKA NEFT KOM-PANIYASI, ARAMKO (ing . Arabian-American Oil Company (ARAMCO) — Saudiya Arabistonidagi neft konla-rini o‘zlashtirish uchun 1933 y.da AQSH dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973 y.dan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi 587va 1980 y.ga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foyda-lanish bo‘yicha mamlakat hukumati b-n maxsus bitimlar tuzgan AQShning "Eks-on", "Shevron", "Teksako", "Mobil" neft kompaniyalari qazib olingan nef-tning bir qismini oladi. Har yili 200 mln.t neft qazib oladi va 23 mln.t nef-tni qayta ishlaydi (80-y.lar oxiri).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil