Anvar Otaxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otaxoʻdjayev Anvar Xoʻjaxanovich
 Namangan shahar hokimi
 
Mansab davri
2023-yil 18-dekabr – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Hokim Shavkat Abdurazzoqov
Oʻtmishdoshi Gʻofur Jamolov[1]
 Chortoq tumani hokimi
 
Mansab davri
2019-yil 4-mart – 2023-yil 18-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Shavkat Abdurazzoqov
Oʻtmishdoshi Oybek Haydarov[2]
Vorisi Ilhom Sattorov[3]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1972-yil
Namangan, UzSSR
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Taʼlim Namangan Muhandislik
Iqtisodiyot Instituti

Otaxoʻjayev Anvar Xoʻjaxanovich – Namangan shahar hokimi[4][5][6][7].

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Otaxoʻjayev 1972-yil Namangan shahrida tavallud topgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Otaxoʻjayev 1989-yilda Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutiga (kunduzgi) oʻqishga kiradi va uni 1994-yilda tamomlaydi. 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2002-yilda Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutining sirtqi yoʻnalishida taʼlim oladi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otaxoʻjayev mehnat faoliyatini 1994-yilda Namangan shahridagi „Oltin vodiy-95“ xususiy firmasida faoliyat yuritgan. 1997-yilda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimida iqtisodchi sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1998-yildan Namangan viloyati iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasida aholi turmush darajasi va isteʼmol bozorini balanslashtirish boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlaydi.

Anvar Otaxoʻjayev 2001-yili Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhiga ishga oʻtadi va u yerda yetakchi mutahassis sifatida ish boshlaydi. 2005-yilda esa Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Shundan soʻng 2008-yili Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib faoliyat yuritadi.

2012-yilda Otaxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleksi rivojlantirish shoʻ‘basining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlaydi.

2016-yilda Anvar Otaxoʻjayev Oʻzbekiston Oziq-ovqat xolding kompaniyasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2017-yilda „Oʻzparrandasanoat“ uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlanadi.

2018-yilda „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ AJ isteʼmol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi sifatida ish boshlab, u yerda 2019-yilgacha faoliyat yuritadi.

Hokim[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 5-mart kuni Anvar Otaxoʻjayev Namangan Viloyatining Chortoq tumaniga hokim etib tayinlandi[8]. 2023-yil 18-dekabr kuni Namangan viloyati Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]