Anvar Boynazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Boynazarov
Tavalludi 10-yanvar 1989-yil (1989-01-10) (35 yosh)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Taxallusi "The Uzbek"
Millati oʻzbek
Uslubi Muay Thai
Jamoasi Tiger Muay Thai
Kikboks qaydlari
Jami 125
Gʻalaba 95
Nokaut bilan 53
Magʻlubiyat 28
Durang 2
Aralash jang sanʼati ustasi qaydlari
Jami 5
Gʻalaba 3
Nokaut bilan 3
Magʻlubiyat 2
Nokaut bilan 1
Hisob bilan 1
Boshqa maʼlumotlar
Mashhur qarindoshlari Firdavs Boynazarov (ukasi)

Anvar Boynazarov (1989-yil 10-yanvar, Toshkent) – oʻzbek muay-tay kikbokschisi va aralash yakkakurash ustasi. U avvalroq kikboksing boʻyicha Glory promouterligi uchun kurashgan va Giga Chikadze, Fabio Pinka va Abdellah Ezbirilar ustidan gʻalabalarga erishgan[1].

Kikboksingdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Boynazarov 1989-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Boynazarov yoshligida ukasi Firdavs bilan muay-tay bilan shugʻullanib, sportdagi faoliyatini boshlagan. Fabio Pincani Glory 47: Lyon musobaqasida yarim finalda magʻlub etganidan soʻng mashhurlikka erishdi[2]. Jangda autsayder sifatida koʻrilganiga qaramay, u ikkinchi raundda Pincani nokaut qilishga muvaffaq boʻldi, bu unga „KO of the Night“ mukofotini va Combatpress.comning maxsus sovrinini qoʻlga kiritishga yoram berdi[3]. Bu gʻalabadan soʻng Boynazarov finalga yoʻl oldi va Abdelloh Ezbiri bilan toʻqnash keldi. Finalda Ezbiri gʻalaba qozondi[4].

Shundan soʻng Anvar yengil vazn toifasida vaqtinchalik Glory chempionlik unvoni uchun Kevin VanNostrandga qarshi jang qildi[5]. VanNostrand jangda birinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi[6].

Ushbu ikki magʻlubiyatdan keyin u Xitoydagi EM Legend 27 turnirida Thodkhui MR bilan jang qildi va magʻlubiyatga uchradi[7].

Keyin u EM Legend Featherweight Tournamentda jang chiqdi. Pan Jiayunga qarshi jangda hakamlarning qarori bilan bir ovozdan gʻolib deb topilib, turnir finaliga yoʻllanma oldi[8]. Final jangida esa Men Guodongga qarshi uchinchi raundda KO bilan gʻalaba qozondi[9].

Glory 67 musobaqasida Anvar amaldagi Glory Featherweight chempioni Petpanomrung Kiatmuu9 bilan jang qildi[10][11]. Bu jangda Petpanomrung hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozondi[12].

Boynazarov 2023-yil 2-iyul kuni Osaka shahrida boʻlib oʻtgan RISE World Series 2023 musobaqasida yengil vazn toifasida sobiq RISE chempioni Kento Xaraguchi bilan toʻqnash keldi[13].

Aralash jang sanʼatidagi faoliyatii[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boynazarov 2020-yil 12-dekabr kuni Combat Night Pro 19 musobaqasida Genri Krappga qarshi jang sanʼatida debyut qildi. Bu jangda birinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi. 2021-yil 13-mart kuni esa Combat Night Pro 20 musobaqasida Rob Fullerni 99 soniya ichida nokautga uchratib, yana bir gʻalabaga erishdi[14].

Boynazarov 2022-yilning 14-yanvarida LFA 121 musobaqasida John Pham bilan toʻqnash keldi. Unga John Phamni nokautga uchratish uchun atigi 21 soniya kifoya qildi[15].

Boynazarov 2022-yil 9-avgust kuni Dana Whitening 49-turida Erik Silva bilan toʻqnash keldi. U birinchi raundning boshidayoq texnik nokaut bilan jangni yutqazdi[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Anvar Boynazarov Profile“. muaythaitv.com.
  2. „Fight Bio: Anvar Boynazarov“. glorykickboxing.com.
  3. „kickboxing-awards-comeback-of-the-year-anvar-boynazarov-vs-fabio-pinca“. combatpress.com.
  4. „Glory 47 : le bon coup d'Abdellah Ezbiri !“. fightinfos.com. 2018-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  5. „GLORY Interim Featherweight Championship Pits Kevin VanNostrand Against Anvar Boynazarov at GLORY 48 New York on Dec. 1“. iskaworldhq.com. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  6. „GLORY 48 Results: VanNostrand Stops Boynazarov, Meksen Topples Van Soest“. combatpress.com. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  7. „Uzbekistan's Anvar Boynazarov leaves for the EM LEGEND 27“. sports.uz. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  8. „Uzbekistan's Anvar Boynazarov has booked a place in the final of EM Legend Kickboxing Championship“. sports.uz. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  9. „The Weekend in Scraps: Kevin Lee Impresses, ONE Welcomes Petrosyan, Broner Draws Vargas“. combatpress.com. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  10. „GLORY 67: Petchpanomrung vs. Boynazarov set in Orlando“. fightmag.com.au. 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  11. „Glory 67 Orlando: Petchpanomrung u novoj obrani titule protiv opasnog Boynazarova! Hoće li pasti i zadnji prvak s Tajlanda?“. fightchannel.hr. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  12. „GLORY 67 Results: Petchpanomrung Dominates Boynazarov, Retains Featherweight Title“. combatpress.com. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  13. „【RISE】原口健飛、GLORY強豪アンバーと激突!豪快ヒザ蹴りKOの危険な"ヒゲ男"“. efight.jp. Qaraldi: 2023-yil 19-may.
  14. „Anvar Boynazarov's fight to take place in the United States“. uza.uz. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  15. Wells. „LFA 121 video: Anvar Boynazarov crushes opponent in 21 seconds with a devastating knee“. mmajunkie.usatoday.com (2022-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  16. Wells. „Dana White's Contender Series 49 results: Bo Nickal invited back for second fight, 3 others receive UFC contracts“ (en-US). MMA Junkie (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.