Antoine de Saint-Exupéry

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antoine de Saint-Exupéry.jpg

Antuan 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijtsa o‘qigan. 12 yoshida mashhur frantsuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekaer» aviakompappyassha ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qaerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda «Layting - 38» ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.

Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan.

VikiOmbor
VikiOmborda Antoine de Saint-Exupéry
haqida sahifa mavjud.