Antitoksinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antitoksinlar (anti … va yun. toxikon — zahar) — 1) yuqumli kasallik davrida bemor organizmida hosil boʻladigan immun moddalar. A. patogen mikroblar zaharini zararsizlantiradi. A. hayvonlar organizmida sunʼiy yoʻl bilan hosil qilinadi, buning uchun avval mikrob zaharidan anatoksin tayyorlab, keyin u, mas, ot terisi ostiga bir necha marta yuboriladi. Natijada ot organiz-mida A. hosil boʻladi. Bunday otning qon zardobi difteriya, botulizm, qoqshol va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi; 2) oʻsimliklar hosil qiladigan va fito-patogen mikroorganizmlar ajratadigan zaharli moddalar taʼsirini susaytirish va neytrallash qobiliyatiga ega kimyoviy moddalar. Mas, gʻoʻzada A. xinonlar ti-pidagi fenolli birikmalarning fer-mentativ oksidlanishi, fitoaleksinlar va ularning xinonlari mahsuli boʻlib, oʻsimliklarda infeksiyaga javoban pay-do boʻladi. Bu moddalar taʼsirida mas, vilt toksinlaridan biri pektintran-seliminaza fermentining faolligi pasayadi. A. oʻsimliklarning kasalli-klarga tabiiy chidamli boʻlishida muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil