Andaluzit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andaluzit

Andaluzit (Ispaniyaning An-dalusiya viloyati nomidan) — orolsi-mon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Al2Si05. Qattiqligi 7- 7,5. S. ogʻ. 3,1 — 3,2. Shishasimon yaltiroq, oʻtga chidamli. Oq, kulrang shaffof, pushti-qizil, qoʻngʻir-yashil rangli kristallari va ularning agregatlari metamorfik jinslarda uchraydi. A. chinnisozlik, alyuminiy, elektrometallurgiya sanoatida oʻtga chi-damli material sifatida ishlatiladi. Zabaykaleda, Oʻzbekistonda Zirabuloq-Ziyovuddin va Nurota togʻlarida keng tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil