Anass Achahbar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anass Achahbar
Achahbar 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 13-yanvar 1994-yil (1994-01-13) (30 yosh)
Tavallud joyi The Hague, Niderlandiya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sepsi OSK
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2001 Kranenburg
2001—2002 VCS
2002—2011 Feyenoord
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2016 Feyenoord 33 (6)
2013—2014Arminia Bielefeld (ijara) 11 (1)
2013—2014Arminia Bielefeld II (ijara) 8 (5)
2016—2019 PEC Zwolle 19 (0)
2017—2019NEC (ijara) 45 (22)
2019 Dordrecht 14 (1)
2020- Sepsi OSK 65 (5)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Niderlandiya U15 4 (1)
2009—2011 Niderlandiya U17 12 (6)
2011—2013 Niderlandiya U19 19 (13)
2013—2015 Niderlandiya U20 2 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-oktabr 2022-yil uchun)

Anass Achahbar (talaffuzi: Anass Axaxbar; 1994-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, I Liganing Sepsi OSK jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feyenoord[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gaagada tugʻilgan Achahbar „Feyenoord“ bilan professional debyutini 2011-yilning 28-avgustida oʻtkazdi (2:2)[2].

Achahbar „Feyenoord“dagi birinchi golini UEFA Yevropa ligasi saralashining birinchi oʻyinida De Kuipda „Sparta Praga“ga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida kiritdi, bu gol tufayli „Feyenoord“ 2:2 hisobida durang bilan qaytdi[3].

Arminia Bielefeld (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 22-avgustida Achahbar mavsum oxirigacha Arminia Bielefeldga ijaraga yuborildi[4]. Klubda 2. Bundesligada 11 oʻyin oʻtkazdi. Ijaraga olingandan soʻng, 2014—2015-yilgi mavsumda „Feyenoord“ga qaytdi[1].

PEC Zvolle[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 21-may kuni Achahbar Eredivizionning PEC Zwolle jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[5]. Klubdagi birinchi mavsumida jami 20 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan[1].

NEC (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 28-iyun kuni Achahar ikkinchi darajali Eerste Divisie klubi NECga ijara asosida qoʻshildi[6]. 2017-yilning 8-sentabrida Den Boschga qarshi oʻyinda (3:0) debyut qildi. 65-daqiqadan soʻng Janio Bikel oʻrniga maydonga tushgandi. Klubdagi ilk faoliyat yilida bir qancha jarohatlar oldi. Oyogʻiga beshta chok qoʻyildi, barmogʻi sindi va yelkasidan jarohat oldi[7]. 24-noyabr kuni „Jong Ajax“ga qarshi oʻyinda maydonga qaytdi. 27-noyabr kuni Telstar darvozasiga mavsumdagi ilk golini urdi[8]. 22-dekabr kuni faoliyatidagi ilk xet-trikini „Jong AZ“ga qarshi oʻyinda qayd etdi (7:2)[9]. Keyingi oʻyinda — Go Ahead Eagles qarshi bahsda (5:1 gʻalaba) yana bir xet-trik qayd etdi[10].

2019-yilning yozida Achahbar PEC Zvollega qaytdi, ammo PEC Zvolle va Achahbar davom etayotgan shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi[11].

Dordrecht[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dordrecht bilan uch hafta shugʻullanganidan soʻng, 9-sentyabr kuni 2019—2020-yilgi mavsum uchun klubga qoʻshildi[12]. 16 ta oʻyinda maydonga tushdi, toʻrt oydan soʻng klubni tark etdi[13].

Sepsi OSK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 18-yanvarida Achahbar Liga I vakili „Sepsi OSK“ bilan shartnoma imzoladi[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

24-oktyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[15]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok[lower-alpha 1] Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Feyenoord 2011—2012 Eredivisie 7 0 2 1 9 1
2012—2013 7 0 2 0 2[lower-alpha 2] 1 11 1
2014—2015 12 4 0 0 2[lower-alpha 2] 0 2[lower-alpha 3] 1 16 5
2015—2016 7 2 0 0 7 2
Jami 33 6 4 1 4 1 2 1 43 9
Arminia Bielefeld (ijara) 2013—2014 2. Bundesliga 11 1 0 0 11 1
Jami 11 1 0 0 11 1
PEC Zwolle 2016—2017 Eredivisie 19 0 1 1 20 1
Jami 19 0 1 1 20 1
NEC (ijara) 2017—2018 Eerste Divisie 25 15 1 0 2[lower-alpha 4] 2 28 17
2018—2019 20 7 2 1 0 0 22 8
Jami 45 22 3 1 2 2 50 25
Dordrecht 2019—2020 Eerste Divisie 14 1 2 3 16 4
Jami 14 1 2 3 16 4
Sepsi OSK 2019—2020 Liga I 14 0 4 3 18 3
2020—2021 28 2 1 0 1[lower-alpha 5] 0 30 2
2021—2022 17 2 2 0 2 0 21 2
2022—2023 6 1 1 0 1 0 0 0 8 1
Jami 65 5 8 3 3 0 1 0 77 8
Jami faoliyati 187 35 18 9 7 1 5 3 217 48

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2008—2009 Niderlandiya U15 4 1
2009—2011 Niderlandiya U17 12 6
2011—2013 Niderlandiya U19 19 13
2013—2015 Niderlandiya U20 2 1

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feyenoord

  • KNVB kubogi : 2015—2016

Sepsi OSK

  • Kupa Romaniei : 2021—2022
  • Romaniei Superkubogi : 2022

Niderlandiya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati: 2011-yil

Individual

  • 2011-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining turnir jamoasi
  • 2013-yil 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati „Oltin butsa“: 2013[16]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Anass Achahbar WorldFootball.net saytida
  2. „Feyenoord moet genoegen nemen met gelijkspel“ (niderlandcha). Feyenoord.nl (28-avgust 2011-yil). 30-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2011-yil.
  3. „Achahbar geeft Feyenoord hoop“ (niderlandcha). de Volkskrant (24-avgust 2012-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  4. „Feyenoord stalt Achahbar seizoen in Bielefeld“ (niderlandcha). www.voetbalprimeur.nl. Voetbalprimeur (22-avgust 2013-yil). Qaraldi: 22-avgust 2013-yil.
  5. Mihaitalazarica. „Anass Achahbar naar PEC Zwolle!“ (niderlandcha). PEC Zwolle (21-may 2016-yil). Qaraldi: 21-may 2016-yil.
  6. „Anass Achahbar op huurbasis naar N.E.C. Nijmegen“ (niderlandcha). PEC Zwolle (28-iyun 2017-yil). Qaraldi: 28-iyun 2017-yil.
  7. Vossen, John-Boy. „NEC-aanvaller Achahbar geniet weer na blessuregolf: 'Dat is mijn mentaliteit: blijven gaan'“ (niderlandcha). Omroep Gelderland (7-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  8. „Telstar verrast Jupiler League-koploper NEC dankzij schitterende goals (video's)“ (niderlandcha). sportnieuws.nl (27-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  9. van Gruijthuijsen, Jasper. „Achahbar met hattrick uitblinker bij NEC tegen Jong AZ“ (niderlandcha). De Gelderlander (24-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  10. van Gruijthuijsen, Jasper. „Achahbar na tweede hattrick: als ik zo doorga moet ik een kast aanschaffen“ (niderlandcha). De Gelderlander (12-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  11. Inan, Johan. „Dramatisch huwelijk PEC Zwolle en Achahbar na drie jaar en zonder goals ten einde“ (niderlandcha). de Stentor (9-iyul 2019-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  12. Dordrecht (10-sentabr 2019-yil). „Achahbar versterkt Dordtse aanval“ (niderlandcha). Press-reliz. Qaraldi: 10-sentabr 2019-yil.
  13. „Anass Achahbar baalt: 'Ik vind het jammer dat hij dat heeft gezegd'“ (niderlandcha). voetbalzone.nl (3-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  14. Mihaitalazarica. „Echipa noastră s-a întărit cu un mijlocaș!“ (rumincha). Sepsi OSK (18-yanvar 2020-yil). 5-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2020-yil.
  15. „Anass Achahbar » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  16. „Trio share Under-19 top scorers' prize“. UEFA (1-avgust 2013-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.