Anafilaksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anafilaksiya (yun. anaphylaxia — himoyasizlik) — organizmga paren-teral yo‘l orqali yuborilgan antigenga nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan ifodalanadigan allergik reaksiya. Umu-miy yoki mahalliy reaksiya (mas, teri-da) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Yaqqol ko‘rinib turgan umumiy reaksiya anafi-laktik shok deyiladi. Anafilaktik shok-ning asosiy belgilari: nafas olish ke-skin qiyinlashadi va qon bosimi tushib ketadi, bemor hushidan ketishi mumkin. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. A.ning oldini olish uchun o‘z bilgicha dori ichmaslik kerak, aks holda organizm sezuvchanligi oshib ke-tishi mumkin, agar dori ichganda biror 471xil allergik reaksiya ro‘y bersa, dori ichishni to‘xtatib, albatta vrachga uchra-shish kerak.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil