Amneziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amneziya (yun. a — inkor qo‘shimchasi va mneme — xotira, es) — xotiraning buzilishi; bo‘lib o‘tgan voqea va kechinmalarni eslay olmaslik yoki chala eslash. Bosh miyaning shikastlani-shi, tutqanoq, qattiq ruhiy iztirob va b. sa-bab bo‘ladi; A.ning quyidagi tur-lari farq qilinadi: anterograd A.— odamning ruhiy kasallikka uchragandan keyingi hodisalarni esda saqlay ol-masligi; avjlanuvchi A.— xotirada hech narsa krlmasligi; retrograd A.— odam-ning kasal bo‘lishidan ilgarigi o‘tgan hodisalarni unutishi; fiksatsion A.— ayni vaqtdagi, shuningdek yaqin kunlar-da bo‘lib o‘tgan hodisalarni xotirada saqpay olmaslik va h.k.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil