Amilazalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amilazalar — uglerodning 1- va 4-atomlari o‘rtasidagi glyukozid bog‘larini parchalash yo‘li b-n kraxmal, glikogen va ularga yaqin polisaharidlar gidrolizini tezlashtiruvchi fermentlar. Uchta xili bor: a-amilaza hayvon, o‘simlik va mikroorganizmlarda uchraydi; u ish-tirok etadigan reaksiyalarda asosan dekstrinlar hosil bo‘ladi. (3-amilaza yuksak o‘simliklarga xos bo‘lib, maltoza va yirik molekulali dekstrinlar hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Glyukoamila-za hayvonlar koni, mog‘or zamburug‘lari, bakteriyalar va b.da bo‘lib, glyukoza va dekstrinlar hosil bo‘lishini tezlashti-radi. Odatda polisaharidlar gidrolizi-da turli A. baravariga qatnashadi. Unib chiqqan arpa urug‘lari ekstrakti ta’si-rida kraxmalning shakarlanishi (A.ning fermentativ ta’siri)ni rus akademigi K. S. Kirxgof birinchi marta tasvir et-gan (1814). A.ning fiziologik ahamiyati shuki, u hujayralardagi polisaharidlar zaxirasini safarbar qiladi (mas, urug‘ unayotganda). Ovkat hazm qilishda ham A. ning ahamiyati katta; hayvonlar hamda odamning so‘lagida va me’da osti bez-ining shirasida A. bor. Mikroorganizm-lar kraxmalni iste’mol kila turib, A. chiqaradi. Mog‘or zamburug‘lari b-n bakteriyalardan olinadigan a- amilaza spirt sanoatida va non yopishda, glyuko-amilaza esa kraxmaldan glyukoza i.ch-.da qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil