Amfora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amfora (lot. amphora, yun. am-phoreus — so‘zidan: amphi — ikki to-mondan, phero — ko‘tarib boraman) — 458antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng , tag qismi va og‘zi tor, ikki dasta-li, sopol, ba’zan metalldan tayyorlan-gan idish. Vino, yog‘ saqlash va tashishda, ba’zan ziyofatlarda bezatilgan A. turla-ridan foydalanilgan. Bo‘yama naqshlar, tasvirlar b-n bezatilgan, qad. va klassi-sizm davriga oid A.lar badiiy qimmatga ega. Arxeologik qazilmalar O‘rta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, mil. av. 3—2 a.ga mansub) A.simon idishlar tayyorlangan-ligini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil