Amfidiploidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amfidiploidlar (yun amphi-yonida, atrofida, diploos — juft va eidos — ko‘rinish, tur), allotetraplo-idlar — turlararo chatishtirish asosi-da paydo bo‘lgan duragaylar xromoso-malarining ikkita diploid to‘plamiga ega bo‘lgan organizmlar. A. organizm har bir turdan bittadan diploid xro-mosomalar to‘plamini oladi. Turkum-lararo allotetraploidlar — birinchi marta 20-y. boshida G. D. Karpechenko tomonidan turp bilan karamni chatishti-rish orqali olingan. Keyinchalik A. javdar bilan bug‘doy tritikale, bug‘doy bilan bug‘doyiq — bug‘doy-bug‘doyiq dura-gaylari olingan. A. dastlabki turlar-ning belgilarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Mac, turp bilan karam duragayi rafanobrassika mevasi qo‘zog‘ining bir qismi turp, ikkinchi qismi esa karam qo‘zog‘iga o‘xshash bo‘ladi. B. L. Astaurov ipak qurtlarining ikkita turi (Bombyx mori va V. mandarina)ni chatishtirish orqali A.ni olish mumkinligini is-botlaydi. A.ning har bir xromosomasi o‘zining gomologiga ega bo‘lishi, meyozda jinsiy hujayralarning vujudga keli-shi normal kechishi tufayli A. organizm-lar serpusht bo‘ladi. A. tabiiy va sun’iy yo‘llar: urug‘langan tuxumhujayradagi yoki birinchi avlod (F,) duragaylarining yosh murtagi xromosomalari sonini ikki hissa orttirish; ikkinchi avlodda (F2) amfidiploidlikka olib keluvchi reduk-siyalanmagan gametalarni duragaylar bi-rinchi avlodida (G‘,) hosil qilish; auto-tetraploid formalarni chatishtirish va diploid gametalarni qo‘shish; G‘, duragay-ning arxesporiy to‘qimasida xromosoma-lar sonini ikki hissa ko‘paytirish va b. natijasida olinadi. Tabiiy sharoitda A. bo‘linayotgan hujayra xromosomalari-ning qutblarga ajralish mexaniz-miga turli omillar (haddan tashqari yuqori yoki past harorat, to‘qimaning mexanik yoki kimyoviy shikastlanishi) ta’sirida vujudga keladi. Hujayra bo‘linishidagi buzilishlar bo‘linish urchig‘i funksiya-sining to‘xtashiga sabab bo‘ladi va nati-jada xromosomalarning qutblarga ajra-lishi, ya’ni navbatdagi sitokinez sodir bo‘lmaydi.Seleksiyada A.dan turlararo dura-457gaylar pushtsizligini bartaraf etish-da foydalaniladi. A. tur hosil bo‘lish jarayonida muhim ahamiyatga ega, ular-dan qad. turlarni tiklash (resintez) maqsadida foydalanish mumkin. Mas, yov-voyi olcha (Prunus divarica va R. spinosa)ni chatishtirish orqali ekiladigan olxo‘ri (P. domestica)ning olinishi olxo‘rini turlararo duragaylash natijasida kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.Sayfillo To‘ychiyev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil