Amerika davlatlari taraqqiyot banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika davlatlari taraqqiyot banki (Inter American Development Bank) — Lotin Ameri-kasi mamlakatlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalash uchun xizmat qiladigan davlatlararo mintaqaviy bank, Amerika Davlatlari Tashkiloti-ning mintaqaviy muassasasi. 1959 y.da tashkil etilgan. Boshqaruvi Vashington-da. Bankning rahbar organi — 5 yilga saylanadigan boshqaruvchilar Kengashi. Joriy rahbarlikni direktorat olib boradi. 44 davlat a’zo (25 tasi Lotin Amerikasi davlatlari, 19 tasi boshqa mintaqalardan, jumladan Yevropadan 14, Osiyodan 2 mamlakat). A’zo davlatlar-ning badallari miqdori turlicha. Dast-lab bankning Us t a v kapitali 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilangan, 1972 y.da 10 mlrd.dollarga yetdi. Ovoz-larning 34,5% AQShga tegishli. Bank kredit resurelarini asosan xalqaro ka-pital bozorlaridan safarbar etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil