Amerika Geologiya jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamiyatning geologik ekskursiyalari, 1897-yil

Amerika Geologiya Jamiyati (inglizcha: Geological Society of America, GSA) — 1888-yilda Qoʻshma Shtatlarda tashkil etilgan geologik jamiyat.

1930-yillardan u xorijiy aʼzolarni ham qabul qila boshlagan va xalqaro jamiyatga aylangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamiyatga 1888-yilda Nyu-Yorkning Itaka shahrida Aleksandr Uinchell, Jon Stivenson, Charlz Xichkok, Jon Prokter va Edvard Orton[1][2] tomonidan asos solingan, 1967-yildan boshlab esa 3300 Penrose hududi, Boulder, Kolorado, AQSh manzilida joylashgan[3].

Dastlabda jamiyatning 100 ta aʼzosi boʻlgan, birinchi prezident Jeyms Xoll sanalgan.

1930-yillarga qadar u juda sekin rivolangan (600 aʼzoga qadar), keyin esa homiylar tufayli aʼzolar soni koʻpayib ketgan va xalqaro jamiyatga aylangan.

2017-yil dekabr holatiga koʻra, jamiyatning 100 dan ortiq mamlakatlardan 25 000 dan oshiq aʼzosi bor.

Jamiyat Shimoliy Amerikada oltita mintaqaviy boʻlimga, qiziqishlarga koʻra uchta intizomiy guruhga va 18 ta maxsus boʻlinmaga ega[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamiyat „Yer haqidagi fanlarga oid tadqiqotlarni ragʻbatlantirish va yangi kashfiyotlarni targʻib qilish, shuningdek, jamoatchilik va ushbu fanlar bilan bogʻliq kasblarga xizmat qilish maqsadida“ tashkil etilgan.

Faoliyatining asosiy yoʻnalishi ilmiy konferensiyalar oʻtkazish va ilmiy adabiyotlar nashr etish hisoblanadi,Amerika Geologiya Jamiyati (1889-yildan nashr etiladi) va Geologiya (1973-yildan nashr etiladi) axborotnomalari ana shular sirasiga kiradi. 2005-yilda jamiyat "Geosfera " onlayn jurnalini taqdim etdi va 2009-yil fevral oyida „Litosfera“ ga onlayn kirish imkoniyatini ochdi[5]. AGJ shuningdek, seriyali ikkita kitob, qoʻllanmalar, xaritalar va jadvallarni nashr etib keladi. Uchinchi asosiy faoliyat turi -magistratura talabalari uchun ilmiy grantlar taqdim etish hisoblanadi[6] 2006-yilda jamiyat global iqlim oʻzgarishi haqidagi bayonotni qoʻllab-quvvatladi[7].

Yillik konvensiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamiyatning soʻnggi qurultoylari:[8]

Jamiyat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Penrose“ medali
  • „Artur L. Deya“ medali
  • „Meinzer“ mukofoti
  • „Brayan Kirk“ mukofoti
  • „G K Gilbert“ mukofoti
  • Florens Baskom
  • Geologiya tarixi va falsafasi sohasidagi xizmatlari uchun mukofot (inglizcha: Award for distinguished service to the history and philosophy of geology)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Editor (26 August 1938) „The Semi-Centennial Meeting of the Geological Society of America“ Science (New Series) 88(2278): p. 183
  2. Eckel, Edwin, 1982, GSA Memoir 155, The Geological Society of America — Life History of a Learned Society, p. 79, ISBN 0-8137-1155-X
  3. Eckel, Edwin, 1982, GSA Memoir 155, The Geological Society of America — Life History of a Learned Society, p. 79, ISBN 0-8137-1155-X
  4. Editor, 2017, GSA Divisions: GSA Today, v. 27, no. 8, p. 21-24.
  5. GSA Today(aniqlanmagan). — ISSN 1052-5173. Архивировано 15 mart 2018 года.
  6. Eckel, Edwin, 1982, GSA Memoir 155, The Geological Society of America — Life History of a Learned Society, p. 121, ISBN 0-8137-1155-X.
  7. Global Climate Change (deadlink). 2017-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  8. „Meetings“. Geological Society of America. 2015-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]