Alvond Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqquyunlilarning Ozarbayjon va Diyorbakirdagi hukmdori Alvond Mirzo (1505-yilda vafot etgan). Hukmronligi 1497-1501-yillar.

Haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alvond Mirzo Yusufbekning o‘g‘li, Uzun Hasanning nabirasi bo‘lgan. Tug‘ilgan sanasi haqida aniq manga yo‘q. 1478-yilda Alvond Mirzo Fors viloyatining Sheroz shahri hokimi etib tayinlangan, Biroq, amalda Sulton Xalil yuborgan otabek Bakirbey boshqaruvni o‘z qo‘lida tutgan.1497-yilda Alvond Mirzo boshqa qarindoshlari bilan birga yosh Ahmadga qarshi g‘alayon ko‘tarib, Isfahon yaqinida uni mag‘lub etishadi. Shundan so‘ng, akasi Sulton Muhammad bilan Ozarbayjon va Tabrizni egallab oladi. Yangi sulton sifatida esa Sulton Muhammad o‘z ishini boshlaydi. Ammo, 1498-yilda aka-uka orasidan olamushuk o‘tdi. Alvond Mirzo sulton Muhammadga qarshi chiqib, uni yengadi va Sheroz bilan Forsni egallaydi. Buning ortidan Diyarbakirda hukmronlik qilgan Sulton Qosimga qarshi harakat qilib, uni itoat qilishga majbur qiladi. 1500-yili Alvond Mirzo sulton Murod bilan sulh tuzadi. Unga ko‘ra, Oqquyunlilarning Kavkaz va Kichik Osiyodagi mulklarga ega chiqib oldi. 1501-yilga kelib Ismoil Safaviy boshchiligidagi qizilboshlilar Alvond Mirzoga qarshi kurash boshlaydi. Dastlab, u Alvondning vassali Shirvonshoh Gʻozibekni yengdi. So‘ngra, Oqquyunlilarning asosiy kuchlari Ismoilni to‘xatishga harakat qildilar. Lekin, 30 ming kishilik qo‘shin bilan “Kura yaqinidagi jang“ da Alvond Mirzo yengildi. 1501-yil avgustida Sharur (hozirgi Ozarbayjonning Naxichevan muxtor viloyati) yaqinida Ismoil Safaviyning 7 ming kishilik qo‘shiniga qarshi hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvda Alvond Mirzo qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng, Ismoil Safaviy Janubiy Ozarbayjonni Tabriz bilan birga olib, o‘zini shoh deb e’lon qiladi. 1502-yilda Alvond Mirzo Arzinjonga chekindi va u yerda 1505-yilgacha Ismoil Safaviy tomonidan ag‘darilganicha hukmronlik qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]