Alunit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alunit (frans. alun — achchiqtosh) — sulfatlar sinfiga mansub mine-ral. Formulasi— KA13[SOJ2[OH]6. Qattiqligi 3,5—4,5. S. og‘. 2,6—2,8. A. asosan mayda zarrali zich va bo‘sh (zichlash-magan) holda uchraydi. Rangi oq, kulrang va qizg‘ish. Kristall donalari shishaga o‘xshash yaltiroq. Zich va tup-roqsimon agregatlari xira bo‘ladi. A. vulkan jin-slarga magmadan chiqqan issiq sulfat oksidli eritmalar ta’sir etishidan hosil bo‘ladi. RF (Uzoq Sharq), Ozarbay-jon, Ukrainaning g‘arbida, AQSH, XXR, Avstraliya, Eron, Meksika va b. joylar-da konlari bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil