Almat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almat — RFning Tatariston Re-spublikasidagi shahar (1953 y.dan). Zay daryosi (Kama irmog‘i)ning chap sohilida. Minnibayevo t.y. stansiyasidan 18 km shim.-sharqda. Chistopol, Bugulma va b. shaharlar bilan avtomobil yo‘li orqali bog‘langan. Aholisi 133 ming kishi (1992). 1950 y.da neft koni yaqinida shaharcha sifatida paydo bo‘lgan. A.— Ta-taristondagi neft sanoatining muhim markazi. Neft va gaz qazib olinadi. Neft qazib chiqarish sanoati uchun ma-shina va jihozlar ishlab chiqariladi. Gazni qayta ishlash, shina tuzatish, avto-traktor tuzatish, temir-beton konstruk-siyalari, yog‘ochsozlik, g‘isht zavodlari, drama teatri bor. A. yirik neft quvurining boshlang‘ich punkti.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil