Almanax

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almanax (arab. — almunah — vaqt, kalendar) — turli mualliflar-ning mavzu, janr va b. belgilarga ko‘ra birlashtirilgan adabiy asarlari tupla-mi. O‘rta asrlarda Sharqda astronomiya kalendarlari A. nomi bilan atalgan. Bun-dan tashqari, Sharq adabiyotida zamon-dosh shoirlarning ijodlaridan namu-nalar yig‘ib "Bayoz"lar ham tuzilganki, ularni ham A.larning mukammal shakli deb baholash mumkin. 17—18-a.lardan Yevropada ham shunday A.lar nashr eti-la boshlagan, lekin qiziqarli bo‘lishi uchun ularga kichik-kichik badiiy asar-lar (hikoya, she’r, latifalar) ham kiri-tilgan, shu tariqa, A. hozirgi ma’nosiga ega bo‘lgan. O‘zbekistonda ham A.lar nashr etib turiladi (mas, "Armugon", 1944; "Zafar" 1945; "Guldasta", 1964, 1968; "Yoshlik", 1970—84 va h.q.).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil