Allyuvial tekisliklar
Allyuvial tekisliklar — doimiy va vaqtli oqar suvlar keltir-malarining yer yuzasidagi botiq yoki yassi joylarda choʻkib qolishidan vujudga kel-gan tekisliklar. Shagʻal, chaqirtosh va qum, qumoq hamda loyqalardan tashkil topadi. Allyuvial tekisliklarning tuproqlari koʻpincha unumdor boʻladi, dehqonchilik hamda chorvachilikda keng foydalaniladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |