Allil spirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allil spirt, CH2=CH-CH2OH — oddiy to‘yinmagan spirt, molar massasi 58,08. Qo‘lansa hidli, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi — 129°, qaynash temperaturasi 96,9°. Suvda, etil spirt va etil efirda yaxshi eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma (28 % H2O; qaynash temperaturasi 89°) hosil qiladi. Sanoatda allil spirt allil xloridni 100° da, 1,0 MPa bosimda ishqor ishtirokida gidrolizlab olinadi. Spirtlarga va qo‘sh bog‘li birikmalarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi. Allil spirti glitserin, akrolein, oddiy va murakkab allil efirlar, sintetik smolalar va farmatsevtik preparatlar olishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil