Allergen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allergen — allergik reaksiya-larni keltirib chiqaruvchi modda. A.lar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: noin-feksion A.lar — maishiy, epidermal A.lar, o‘simlik gullarining changlari, oziq-ovqat, dori-darmonlar, turli xil kimyoviy moddalar. Infeksion A.lar — bakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar va b. Maishiy A.lar — uy changi, par yostiq pat-lari, dafniya, kutubxona changlari. Epi-dermal A.lar — yovvoyi va uy hayvonlari (it, mushuk, ot, qo‘y va b.) juni, qazg‘og‘i. Dori A.lari: 0,9% li fiziologik erit-ma va glyukozadan tashqari deyarli hamma dorilar. O‘simlik gullarining changi 35 mkm dan kichik bo‘lsa va o‘zida allergen-lik xususiyatini namoyon etsa, shamolda uzoq masofaga ucha oladigan bo‘lsa, al-lergik kasallik paydo qilishi mumkin. Bunday o‘simliklarga ermon, burgon, makka, yalpiz va b. kiradi.Oziq-ovqat A.lari: har xil oziq-ovqat mahsulotlari (sut, tuxum, asal, baliq, yong‘oq, mosh, no‘xat, sitrus meva-lar, shokolad va b.). Kimyoviy A.lar — turli xil poroshoklar, pastalar, ursol (soch bo‘yog‘i tarkibidagi modda), benzin, benzol va b.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil