Allantois

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allantois, embrion qovug‘i (Al-lantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichak-dan hosil buladi, amnion bilan seroz par-da orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifa-sini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda A. yaxshi rivojlangan. Sut emi-zuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan A. bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi va yuldosh (platsenta) shaklla-nishida qatnashadi. A. devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi ur-tasida gaz almashinuvini ta’minlaydi. Embrion rivojlanishining so‘nggi dav-rlarida A.ning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil