Alkillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alkillar — toʻyingan alifatik uglevodorodlarning bir valentli radikallari. Koʻpincha R harfi bilan belgilanadi, baʼzan Alk deb koʻrsatiladi. Alkillar radikallari birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi boʻladi. Birlamchisiga metil CH3-, ikkilamchisiga izopropil (CH3)2CH-, uchlamchisiga uchlamchi-butil (CH3)3C- misol boʻla oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil