Alizarin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alizarin, 1,2-digidrooksiantra-xinon, SIN8O4 — zarg‘aldoq-qizil kri-stall. Mol. m. 240,20. Suyuklanish t-rasi 290°, qaynash t-rasi 430°. Suvda yomon, etil spirtda o‘rtacha eriydi; benzol, sir-ka kislota, ishqorlarda yaxshi eriydi. A. ro‘yan o‘simligi (Rubia tinctorium) il-dizida glyukozid holda uchraydi. Birin-chi marta 1869 y.da nemis kimyogarlari K. Grebe va K. T. Liberman tomonidan sintez qilingan. Sanoatda sintetik A. 323ishlatiladi. A. ko‘p valentli metallar (mas, alyuminiy va b.) bilan rangli tuzlar hosil qiladi. A. analitik kimyoda ko‘p metallarning ionlarini aniqlashda, ba’zi bo‘yoqlarni sintez qilishda yarim mahsulot sifatida ishlatiladi; uning alyuminiyli loki badiiy bo‘yoqlar tayyor-lashda va poligrafiyada qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil