Alikante

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alikante — Ispaniyadagi shahar va port, O‘rta dengiz sohilidagi kurort. Alikante provinsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 261 ming kishi (1991). Yog‘-moy, tamaki, kimyo, metallsozlik, sement, to‘qimachilik sanoati korxona-lari bor. Chetga vino va meva-sabzavot mahsulotlari chiqariladi. A. qadimda rimliklar qishlog‘i bo‘lgan. Arablar hukmronligi davrida al-Lukant deb atalgan. 1490 y.da shahar maqomini ol-gan. Me’moriy yodgorliklardan o‘rta asr-da qurilgan Santa-Barbara qasri, ratusha binosi (17—18-a.lar) va San-Nikolas de Bari (17-a.) cherkovi saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil