Aleksandr Tixonov (tilshunos)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Nikolayevich Tixonov
Tavalludi 20-noyabr 1931-yil
Potashevka, Boshqird ASSR, SSSR
Vafoti 16-mart 2003-yil(2003-03-16)
(71 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi Tilshunos
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Aleksandr Nikolayevich Tixonov (1931-yil 20-noyabr, Potashevka – 2003-yil 16-mart, Moskva) – sovet va rus tilshunosi, leksikograf, rus derivatologiyasi sohasidagi mutaxassis. Tixonov rus tilida soʻz yasovchi qoʻshimchalar lugʻatlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqishga katta hissa qoʻshdi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Tixonov 1931-yil 20-noyabrda Boshqirdistonda tugʻilgan[2].

1947-yildan Tojikistonda rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

1955-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1956—1968-yillarda Samarqand davlat universitetining rus tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi va dotsenti kabi lavozimlarda ishlagan. 1968-yilda Samarqand pedagogika instituti prorektori boʻlgan.

1974-yilda "Soʻz yasalishi va soʻzlarning formal-semantik munosabatlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1978-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Rus tili institutida rus tilini millatlararo muloqot vositasi sifatida oʻrganish sektori mudiri etib saylandi. Rus tili instituti va „Shimoliy Yevroosiyo tillari va madaniyatlari“ ilmiy-taʼlim markazida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

2001-yil 1-martda uning tashabbusi bilan I.Yelets nomidagi Yelets davlat universitetida Oʻquv leksikografiyasi laboratoriyasi tashkil etildi.

Aleksandr Tixonov 2003-yil 16-martda vafot etgan. Vafotidan soʻng Moskvadagi Rakitki qabristoniga dafn etilgan (Kaluga shossesi boʻylab Moskva halqa yoʻlidan 10 km uzoqlikda).

Asosiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zamonaviy rus tili leksikasi
  • Zamonaviy rus tilida soʻz yasash
  • Morfemik imlo lugʻati

Morfologik tahlilga yondashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Tixonovning morfologik tahlili boshqa mashhur rus tilshunoslarining morfologik tahlilidan farq qiladi. Xususan, T. F. Yefremova va A. I. Kuznetsova lugʻatida muqobil morfologik tahlil mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bolʹšaâ rossijskaâ énciklopediâ. Moskva: Bolʹšaâ Rossijskaâ ènciklopediâ. ISBN 978-5-85270-367-5. 
  2. „Тихонов Александр Николаевич“. www.scienceforum.ru. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.