Alejandro Baena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Álex Baena
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alejandro Baena Rodríguez
Tavallud sanasi 20-iyul 2001-yil (2001-07-20) (22 yosh)
Tavallud joyi Roquetas de Mar, Ispaniya
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Villarreal
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2011 Roquetas
2011–2019 Villarreal

Alejandro „Álex“ Baena Rodríguez (talaffuzi: Alexandro Baena Rodriges) 2001-yil 20-iyulda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Villarreal“da yarim himoyachi vazifasini bajaradi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alejandro Baena Rodríguez „Roquetas“ va „Villarreal“ klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Alejandro Baena Rodríguez ikkinchisining zaxira jamoasida oʻynay boshladi. 2019-yilning 18-dekabrida Alejandro Baena Rodríguez Copa del Reyning „Comiglia“ga qarshi oʻyinida asosiy tarkibda debyut qildi[1]. 2020-yilning 13-iyulida u La Ligadagi debyutini „Real Sosedad“ga qarshi oʻtkazdi[2]. 2021-yilda Alejandro Baena Rodríguez „Makkabi Tel-Aviv“ga qarshi durang oʻyinida „Villarreal“ safida birinchi gollarini urib, klubga Yevropa ligasini yutishiga yordam berdi[3][4]. 2021-yilning 19-avgustida Baena bir yillik ijara shartnomasi asosida Segunda Diviziyasining „Girona“ klubiga oʻtdi. U kataloniyaliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushganidan soʻng „Sariq suvosti kemasi“ga qaytdi va 2022-yil 13-avgust kuni „Real Valyadolid“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda dubl qayd etdi.

2022-yil 26-avgust kuni Baena va jamoadoshi Nikolas Jekson asosiy tarkibga koʻtarildi va u yerdan munosib joy olishdi.

2021-yilning yozida Alejandro Baena Rodríguez „Girona“ga ijaraga berildi[5]. 22-avgust kuni „Las-Palmas“ga qarshi oʻyinda u Segundada debyut qildi[6]. 8-noyabr kuni „Tenerife“ga qarshi bahsda Alejandro Baena Rodríguez „Girona“ safida ilk golini urdi[7]. Ijara muddati tugagach, u „Villarreal“ga qaytdi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Alejandro Baena Rodríguez Angliyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Belgiya, Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[8][9][10]. Belgiyalik va nemislarga qarshi bahslarda Alejandro Baena Rodríguez gol urdi.

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Villarreal C. F. „C“Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2018-19 1 0 1 0
2019-20 1 0 1 0
Jami 2 0 0 0 0 0 2 0
Villarreal C. F. „B“Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2019-20 23 0 23 0
Jami 23 0 0 0 0 0 23 0
Villarreal C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2019-20 1 0 1 0 0 0 2 0
2020-21 6 0 5 0 9 2 20 2
Girona F. C.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2021-22 42 5 3 0 45 5
Jami 42 5 3 0 0 0 45 5
Villarreal C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2022-23 8 3 0 0 6 4 14 7
Jami 15 3 6 0 15 6 36 9
Umumiy karyerasida 82 8 9 0 15 6 106 14
Musobaqa Jamoa Mamlakat Yil
UEFA Yevropa Ligasi Villarreal C. F.  Polsha Gdansk 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Комилья VS. Вильярреал 0:5“ (inglizcha). soccerway.com (2018—12—13).
  2. „Вильярреал VS. Реал Сосьедад 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (2020—07—13).
  3. „Вильярреал VS. Маккаби Тель-Авив 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (2020—11—05).
  4. „Маккаби Тель-Авив VS. Вильярреал 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (2020—11—26).
  5. „Álex Baena, loaned to Girona FC“. Villarreal CF (19-avgust 2021-yil). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2021-yil.
  6. „Жирона VS. Лас-Пальмас 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (2021—08—22).
  7. „Тенерифе VS. Жирона 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (2021—11—08).
  8. „Бельгия (до 17) VS. Испания (до 17) 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (14-may 2018-yil).
  9. „Нидерланды (до 17) VS. Испания (до 17) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (8-may 2018-yil).
  10. „Испания (до 17) VS. Германия (до 17) 5:1“ (inglizcha). soccerway.com (11-may 2018-yil).