Alazonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alazonlar — Shimoliy Qora dengiz boʻyidagi skif qabilalaridan biri (mil. av. 7-2-asrlar). Ular haqidagi maʼ-lumotlar Gerodot, Strabon, Pavsaniy va Stefan Vizantiyskiy asarlarida uchraydi. A. Ol’viyadan shimolida, Janubiy Bug da-ryosi havzasida yashaganlar. Dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlganlar. A. yashagan hududda hali fan tomonidan yaxshi oʻrganilmagan bir qancha skif shahar va qishloq harobalari saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil