Alanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alanlar - mil. 2—9-a.larda Quyi Volga bo‘yi, Jan. Uraloldi, Don bo‘yi, Shim. Kaspiy bo‘yi (Dneprgacha) mintaqalarda yashagan kabilalar; sar-matlarnipt avlodi. O‘zlarini ironlar deb ataydilar, Vizantiya manbalarida alanlar, gruzin manbalarida oslar, rus yodnomalarida yaslar deb ataladilar. Mil. av. 2-a.dan roksolanlar nomi bilan ma’lum. Hind-yevropa til oilasining eron tarmog‘iga mansub tilda so‘zlashgan. A.ning asosiy xo‘jaligi chorvachilik va qisman dehqonchilik bo‘lib, keyinchalik hunarmandchilik, kulolchilik, zargar-lik va metallurgiya taraqqiy etadi. A. ijtimoiy hayotida qabila boshliqlari muhim o‘rin tutgan. A. 4-a.da (372) gunn-lar va 6-a.da avarlar tomonidan qattiq zarbaga uchraydilar. Ularning bir qismi xalqlarning buyuk ko‘chishida ishtirok etib G‘arbiy Yevropa va Shim. Afri-kaga borib o‘rnashadi. U yerda A. van-dallar bilan birgalikda 6-a. o‘rtasigacha mavjud bo‘lgan davlat barpo etganlar. Dog‘istondan Kuban bo‘yigacha A. yashagan hudud 7—10-a.larda Xazar xoqoni ta-sarrufida bo‘lgan. Bu davrda A. Xazar xoqonligi, Vizantiya va Arab xalifali-giga qarshi kurashdilar. 10—12-a.larda A.ning ilk davlati tuziladi. Shu davr-da A.da yunon alifbosi asosida yozuv vu-judga keladi. 1238—39 ylarda mo‘g‘ullar A.ga qaqshatqich zarba berib Kavkazoldi tekisliklarini egallaydilar. Omon qolgan A. Markaziy Kavkaz tog‘lari va Kavkazorti (Jan. Osetiya)ga ketadilar va u yerdagi mahalliy Kavkaz aholisi bilan qo‘shilib ketganlar. A. qabilalari o‘rtasida 7-a.da xristian dini, 14-a.da islom dini tarqaladi. A. osetin xalqining bevosita ajdodi bo‘lib, ular Shim. Kavkazning mahalliy aholisi et-nogenezida hamda madaniyatining vujud-ga kelishida muhim rol o‘ynagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil