Al-Madina madaniyat markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tashkilot logosi

Al-Madina madaniyat markazi (AMMM yoki Al-Madina) Minnesota universitetidagi notijorat talabalar tashkiloti boʻlib, u yerda taʼlim, ijtimoiy va jamoat faoliyati orqali islomning xilma-xil madaniyatini yaxshiroq tushunish va oʻrganishga harakat qilinadi. Minnesota universiteti va uning kampus hamjamiyatidan boʻlajak liderlarni tayyorlanadi[1]. Al-Madina Madaniyat Markazi Qoʻsh shaharlar kampusining Sharqiy qirgʻogʻidagi Koffman memorial ittifoqi hududoda joylashgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Madina 1999-yil iyun oyida umumiy islomiy maʼlumotga ega boʻlgan talabalar uchun yigʻiladigan joy zarur boʻlgan bir vaqtda madaniy tashkilot sifatida rasman tashkil etilgan. 2003-yil yanvar oyida Koffman memorial ittifoqining qayta ochilishi bilan Al-Madinaga oʻzining islom va islom madaniyati yoki kampusdagi turmush tarziga koʻmaklashuvchi tashkilot sifatida oʻzini namoyon etishni maqsad qilgan madaniy markazi uchun joy ajratib berildi. U turli madaniyatlarga mansub odamlarga oʻz mamalakatlaridek muhit yaratish uchun yaratilgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Madina madaniyat markazi ijroiya kengashi tashkilotning kundalik ishlarini boshqarish uchun javobgardir. Hozirgi vaqtda ijroiya kengashi quyidagi oʻn nafar aʼzodan iborat, bular: prezident, vitse-prezident, kotib, gʻaznachi, Tadbirlar boʻyicha koordinator, aloqa koordinatori, valantyorlar koordinatori, tarixchi, vebmaster va jamoatchilik bilan aloqalar oʻrnatuvchi maʼsul shaxs. Bundan tashqari, ijroiya kengashi boshqa ixtisoslashtirilgan vazifalar uchun mansabdor shaxslar va qoʻmitalarni ham tayinlaydi.

Faoliyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Madina Madaniyat markazi Islom madaniyati haqida xabardorlikni oshirish orqali Islom madaniyati rivojiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, Ramazon oyi iftorliklari va Hayit bayramlarini nishonlash maqsadida Musulmon talabalar uyushmasi va boshqa turli madaniy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

Talabalar xizmati toʻlovlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Madina Madaniyat markazi barcha talabalar tomonidan toʻlanadigan Talabalar Xizmati toʻlovlarining bir qismini oladigan tashkilotlardan biridir. Talaba xizmatlari toʻlovlari qoʻmitasi 2006-2007 oʻquv yili uchun 48,267 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻini ajratishlikni tavsiya qilgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]