Al-Gʻazzoliy universiteti
Al-Gʻazzoliy universiteti | |
---|---|
Asl nomi | جامعۃ الغزالی |
Asos solingan | 2022 |
Rektori | Muftiy Abdurrahim |
Manzili | Ahsanobod]], Sindh, Karachi, Pokiston |
Al-Gʻazzoliy universiteti Karachi shahridagi davlat universiteti boʻlib, Jamiya Tur Rashid tomonidan 2022-yil 9-dekabrda asos solingan[1]. Muftiy Abdurahim taʼlim maskanining asoschisi va hozirgi kansleridir. Zeeshan Ahmad – prorektor lavozimida faoliyat olib boradi.
Universitet 12-asrda yashab ijod etgan olim Imom Al-Gʻazzoliy sharafiga nomlangan[2].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil mart oyida Nizomni tekshirish va baholash qoʻmitasi Al-Gʻazzoliy universitetiga tashrif buyurgan, shundan soʻng ular oʻz hisobotini tasdiqlash uchun Sind oliy taʼlim komissiyasiga taqdim etishgan[3].
2022-yil oktabr oyi oxirida Sind gubernatori Kamran Xon Tessori Jamiya Tur Rashidga tashrifi chogʻida Jamiyaning Al-Gʻazzoliy universiteti loyihasi ham maqtovga loyiq ekanligini va Al-Gʻazzoliy universiteti faoliyatini maʼqullanishini hamda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan[4][5].
Keyinchalik, 2022-yil 9-dekabrda Sind assambleyasi va gubernatori universitet faoliyatiga ruxsat bergan[6].
Fakultetlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Islomshunoslik fakulteti
- Ijtimoiy fanlar fakulteti
- Taʼlim fakulteti
- Huquq fakulteti
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „The Al Ghazali University (جامعۃ الغزالی), Karachi Act, 2022“.
- ↑ „Jamia Ghazali granted university status“ (2023-yil 31-yanvar).
- ↑ SS. „ملک میں پہلی باردینی مدرسےکویونیورسٹی کادرجہ دینےکی تیاریاں“. aimstv.tv.
- ↑ „Governor Sindh Visits Jamia Tur Rasheed“. UrduPoint.
- ↑ „Sindh governor visits Jamiat-ul-Rasheed“. The Nation (2022-yil 1-noyabr).
- ↑ „Jamia Ghazali Karachi gets University status“.