Akvarium

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Chuchuk suvli akvarium.

Akvarium (lotincha aqua - "suv", arium - "joy", "xona") manzarali baliqlar saqlash va boqish uchun ishlatiluvchi shaffof devorli idishdir. Ba’zan akvariumlarda baliqlardan tashqari suvo‘tlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar yoki suvda yashovchi sut emizuvchilar boqilishi mumkin. Akvariumni suvli vivariy deb ham atashadi.

Odatda akvarium deyilganda, xonaki akvarium tushuniladi. Xonaki akvarium hajmi ko‘pi bilan 1000 litr bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, jamoat akvariumi deb ataluvchi katta hajmli (7500 kub metrgacha) akvariumlar ham mavjud bo‘lib, ular hayvonot bog‘larida, okeanariumlardagi yirik dengiz hayvonlarini saqlash va namoyish qilish uchun quriladi.

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар