Akvarel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akvarel (frans. aquarelle, asli lot. aqua — suv) — rassomlik san’atida ishlatiladigan bo‘yoq (suvda oson eriydi) va shu bo‘yoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari.A.ning o‘ziga xos xususiyati bo‘yoqning tiniq, rangning sofligidir. A. rang-tasvirida oq bo‘yoq ishlatilmaydi— oq qog‘oz bo‘yoq vazifasini bajaradi. A. bo‘yog‘i qog‘oz sirtiga yupqa qatlam bo‘lib yotadi, bu qatlam no‘rni yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun A. rang-tasviri yuzasi silliq bo‘lmagan oq qog‘ozga ishlanadi. A. bo‘yog‘ida rasm ishlanganda rangsurtma-lar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak.A. qadimdan ma’lum bo‘lgan. 15-a.da nemis rassomi A. Dyurer A.da ajoyib asarlar yaratgan. 17—18-a.larda Yevropa-da A. keng tarqaldi. 18—19- a. boshlari-dan jadal rivojlandi, uslub va usulla-ri ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va b.), Fransiya (O. Dome, E. Delakrua va b.), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va b.) da A. san’atining ajoyib namunalari yaratil-di. O‘zbekiston tasviriy san’atida A. rangtasviri 20-a. 20-y.laridan rivojla-na boshlagan. A. Nikolayev (Us t a Mo‘min), G. Nikitin, B. Hamdamiy, O‘. Tansiqboyev, V. Kaydalov va b. rassomlar o‘z A. asar-lari bilan o‘zbek A. san’ati rivojiga mu-nosib hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston ras-somlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va b. ijodida A. rivojlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil