Aktinometriya
Aktinometriya — meteorologiyaning atmosfera, quyosh va yer nurlanishini (radiatsiyasini) tabiiy sharo-itda tadqiq qilish hamda radiatsiyani oʻlchash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi. Vazifasi radiatsiyaning har xil turlarini oʻlchash, quyosh radiatsiyasining atmosferada yutilish, sochilish va qaytarilishi qonuniyatlarini tekshirish, shuning-dek, atmosfera, yer osti va boshqa yuza hamda qatlamlarning radiatsiya balansini oʻrganish, xalq xoʻjaligida radiatsiyadan foydalanish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |