Ajinli kalao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ajinli kalao
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Karkidon qushlar
Oila: Karkidon qushlar
Urugʻ: Rhabdotorrhinus
Xalqaro ilmiy nomi
Rhabdotorrhinus corrugatus (Temminck, 1832)[1]
Sinonimlari
  • Aceros corrugatus (Temminck, 1832)[2]
  • Buceros corrugatus Temminck, 1832)[3]
  • Rhyticeros corrugatus (Temminck, 1832)[4]
Areal

Ajinli kalao[5] (lotincha: Rhabdotorrhinus corrugatus) — karkidon qushlar oilasiga mansub qushlar(Bucerotidae). Ular 2013-yilgacha Aceros[1] urugʻiga kiritilgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qushlarning tana uzunligi 65-70 sm. Ikkala jinsda (erkak va ayol) tanasining patlari qora, dum qismi tuklarining tagidan uchdan bir qismi qora, qolgan qismi yorqinroq. Erkaklarda yuz va tomoq qismidagi patlari oq yoki sargʻish-oq, koʻz atrofidagi terisi patsiz va och koʻk, tumshugʻining pastki va ustki uch qismi sargʻish, tumshugʻining asosi qizil, pastki qismi buklgan hamda quyuq randa, tumshugʻning tepasida qizil oʻsimtasi bor. Yosh erkaklari tumshugʻi butunlay sariq rangda boʻladi. Ayollarida esa tumshugʻi deyarli butunlay sariq randa, bosh patlari qora rangda, yuzi patsiz va terisi koʻk rangda boʻladi[6].

Ular daraxtlar mevalari[7], masalan, anjir mevasi bilan oziqlanadilar[8].

Koʻpayish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urgʻochisi ikki-toʻrt kun davomida 2—3 ta, kamdan-kam hollarda 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxum ochib chiqish muddati 29—31 kun davom etadi. Urgʻochi inkubatsiya muddati davomida inda qoladi. Joʻjalar odatda 60—76 kun davomida boqiladi[6].

Tarqalish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tailand janubida, Malayziya yarim orolida, Sumatra (jumladan, Rupat[en] va Payong orollari)da, Batu orollari va Kalimantanda tarqalgan. Yaqinda ushbu tur Kambodjaning shimoli-gʻarbiy qismida qayd etilgan. Singapurda bu tur butunlay yoʻq boʻlib ketgan[2][3][9].

Ular yashil hududlarda va suv bosgan nam oʻrmonlarda, dengiz sathidan 1000 metrgacha balandlikda yashaydi[2][9]. Qushlar koʻpincha baland daraxtlarning tepasida qoʻnim topadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Gill F., Donsker D. & Rasmussen P. (Eds.): Mousebirds, cuckoo roller, trogons, hoopoes, hornbills (англ.). IOC World Bird List (v11.2) (15 июля 2021). doi:10.14344/IOC.ML.11.2. Дата обращения: 16 августа 2021.
  2. 2,0 2,1 2,2 Rhabdotorrhinus corrugatus (англ.). The IUCN Red List of Threatened Species. (Дата обращения: 12 декабря 2020).
  3. 3,0 3,1 „Таксономия и распространение“ (en). Hornbills (Bucerotidae). IBC.Lynxeds.com. 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-sentyabr.
  4. Ptak, Roderich. Exotische Vögel: chinesische Beschreibungen und Importe, East Asian Maritime History 3, Wiesbaden: Otto Harrassowitz CmbH & Co. KG, 2006 — 37 bet. ISBN 3-447-05314-3. 
  5. „Aceros corrugatus“ (en). Xeno-canto.
  6. 6,0 6,1 W. Grummt & H. Strehlow (Hrsg.). Zootierhaltung Tiere in menschlicher Obhut. Vögel. Germany: Verlag Harri Deuch, 2009 — 540 bet. ISBN 978-3-8171-1636-2. 
  7. 7,0 7,1 Garbutt, Nick & Prudente, Cede. Wild Borneo: the Wildlife and Scenery of Sabah, Sarawak, Brunei, and Kalimantan. London-Cape Town-Sydney-Auckland: New Holland Publishers (UK) Ltd., 2006 — 88 bet. ISBN 1-84537-378-2. 
  8. Kinnaird, Margaret F. & O`Brien, Timothy G.. The Ecology & Conservation of Asian Hornbills: Farmers of the Forest. London: The University of Chicago Press, Ltd., 2007 — 158 bet. ISBN 0-226-43712-4. 
  9. 9,0 9,1 „Информация“ (en). BirdLife.org. 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-sentyabr.