Ahmad Al Shugairi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Alshugairi – أحمد الشقيري
Tavalludi 6.6.1973
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni
Kasbi Teledastur boshlovchisi
Faoliyat yillari 2002-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Rola Dashisha (turm. 1999)

Ahmad Mazin Alshugairi (arabcha:أحمد مازن الشقيري ) 1973-yilning 6-iyunida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan[1] saudiyalik tashabbuskor va OAV namoyondasi[2]. U 2005-yildan 2015-yilgacha boʻlgan vaqtni qamrab olgan “Goʻyalar” ("خواطر") dasturi bilan mashhur bo'lib, bu arab dunyosida, xususan Saudiya Arabistonida muhim tijorat muvaffaqiyati edi. U ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli taʼsirga ega boʻlib, 18,2 million obunachiga ega (2019-yil oktyabr holatiga koʻra). Dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kirganlardan. Shuningdek, u 2015-yilda Twitterda Saudiya Arabistoni boʻyicha 1-oʻrinni egallagan[3].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alshugairi Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida tugʻilgan va Jiddadagi Manarat oʻrta maktabini tugatib, AQShga koʻchib borgan va u yerda menejment tizimlari boʻyicha bakalavr darajasini va Kaliforniya shtati universiteti-Long-Bichda magistratura darajasini oldi[4].

1996-yilda Saudiya Arabistoniga qaytib, otasining tijoratida ishlay boshladi.

Otasi Mazen Alshugairi, onasi Affaf Ali. Ahmad Alshugairi 2 marta turmush qurgan; 1-turmush oʻrtogʻi Yasmin bilan ajrashgandan soʻng, u 2-turmush oʻrtogʻi, "Gʻoyalar" dasturining 5 va 6- mavsumidagi kostyumlar dizayneri boʻlgan Rola Dashishaga uylandi. Ularning Yusuf va Ibrohim ismli ikki o‘g‘li bor.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Media sohasidagi faoliyatini 2002-yilda “Yalla ya Shabob” (“Keling, yigitlar”), “Agar u oramizda bo‘lganida” va “Shayx Hamza Yusuf bilan sayohat” kabi dasturlari bilan MBC telekanalida boshlagan. U 2005-yildan 2015-yilgacha Ramazon oyida efirga uzatilgan “Gʻoyalar” teleko‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan[5]. U 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum bilim mukofoti 1 million AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.

Uning koʻplab chop etilgan nashrlari boʻlib, ular:

  • "Gʻoyalar" kitoblarida Gʻoyalar teleserialining mazmunini oʻz ichiga oladi.
  • "Yaponiyadan Gʻoyalar", Yaponiyada bo'lgan G'oyalar koʻrsatuvining 5-mavsumiga ishora.
  • "Gandi bilan sayohatim", u ushbu kitobda bu hayotdagi o'z tajribasi haqida gapiradi.
  • "40" kitobida Ahmadning eng sevimli 40 ta narsasi haqida soʻz boradi, masalan, 40 ta sevimli kitob, Qurʼonning 40 ta sevimli oyatlari va boshqalar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]