Afrosiyob koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afrosiyob koʻchasi

Ko'chaning yuqoridan olingan surati
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy,
Chilonzor,
Mirobod
Uzunligi 2,3 km
Yaqin metro bekatlari Oʻzbekiston,
Kosmonavtlar,
Oybek
Kim sharafiga nomlangan Turon shohi Afrosiyob
Koʻchada joylashgan binolar

Humo Arena
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Yunus Rajabiy muzeyi

Islom Karimov memorial majmuasi
Interpol
Kosmonavt Jonibekov haykali
Turkmaniston elchixonasi
Map

Afrosiyob koʻchasi — shaharning markaziy qismida, Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor va Mirobod tumanlari hududida joylashgan. Koʻchaning umumiy uzunligi qariyb 2,3 km ni tashkil qiladi. Koʻcha nomi afsonaviy Turon shohi Afrasiyob sharafiga nomlangan[1].

Kesishgan koʻchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan boshlanib, so‘ng chapga burilib, Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan joyda tugaydi. Shuningdek, Oybek, Buyuk Turon, Sharof Rashidov, Mirobod, Yunus Rajabiy va Beshyog‘och ko‘chalari bilan kesishadi. U Koʻhinur va Vosit Vohidov koʻchalariga parallel oʻtadi. Bu ikki tomonlama harakat va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan sakkiz qatorli yoʻldir[1].

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchaning boshlanish qismida joylashgan Humo arenasi

Uylarning toq tomonida raqamlash 1-uydan 41-uygacha, juft tomondan 2-uydan 16-uygacha boʻladi. Jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan binolarga Janubiy Koreya va Turkmaniston elchixonalari, Sharof Rashidov nomidagi mahalla qoʻmitasi kiradi. Shuningdek, ko‘chada Respublika qo‘g‘irchoq teatri, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy majmua, „Humo Arena“ ko‘p funksiyali muz majmuasi va „Moviy gumbazlar“ bulvari joylashgan. Koʻcha Burijar va Anhor kanallari ustidan oʻtadi[1].

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha boʻylab joylashgan Kosmonavtlar metro bekati

Koʻcha boʻylab jamoat transporti va Oʻzbekiston, Kosmonavtlar, Oybek metro bekatlari, avtobus yoʻnalishlari joylashgan. Aeroport koʻchadan taxminan 6 km masofada joylashgan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 [https://geodzen.com/uz/tashkent/afrosiyob „улица Афросиаб Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 5-aprel.