Adonis (oʻsimlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adonis (Adonis) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘tlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va ko‘p yillik turlari bor. O‘rta Osiyo, Sibir va Yevropa tog‘larida o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Kashqadaryo va Surxonda-ryo viloyatlaridagi yaylovlarda A.ning 4 turi (A. parvifl ora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocy-athus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, A. turkestanica va A. vemalis .)dan yurak kasalliklari-ni davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20—40 sm), tukli bo‘lib, gullab bo‘lgandan so‘ng tuklari to‘kilib ketadi. A. bar-glari qirqma, patsimon, murakkab, po-yasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktino-morf (to‘g‘ri), har bir poyacha uchida bitta-dan gul bo‘ladi: gulkosachasi 5 ta ko‘k ko-sachabargdan, gultoji 5—20 ta sariq gul-barglardan iborat. Changchi va urug‘chilari ko‘p. Gul o‘rni konussimon. A. aprel— may oyida gullaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil