Adipin kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adipin kislota, ikki asosli organik kislota [NOOS (SN2)4 SOON] — rangsiz kristall. Mol. m. 146,15. Suyuqlanish t-rasi 149— 150°, qaynash t-rasi 265°. Suvda, etil spirtda ko‘proq, efirda kamroq eriydi, Siklogeksanon-ni nitrat kislota yoki havo kislorodi bilan marganes tuzlari (katalizator) ish-tirokida oksidlab olinadi. U sun’-iy tola — neylon ishlab chiqarishda qo‘llanadigan asosiy xom ashyodir. Efir-lari plastifikatorlar va surkov moyla-ri sifatida ishlatiladi. Etiladipinat — etillangan benzinning oktan sonini oshiruvchi modda, dialliladipinat esa smolalarga qotiruvchi qo‘shimcha sifati-da qullaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil