Adeleyd (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adeleyd (daryo)
Tavsif
Uzunligi 180
Davlat Avstraliya
Adeleyd (daryo)

Adeleyd (inglizcha: Adelaide River) — Avstraliyadagi kema qatnovi joylashgan daryo hisoblanib, mamlakatning shimoliy hududi orqali oqib oʻtadi. Daryo Darvin shahridan 50 km shimoli-sharqda joylashgan Timor dengiziga quyiladi[1]. Uning uzunligi — 180 km ni tashkil etadi[2].

U ikki daryoning qoʻshilishidan hosil boʻlgan bo'lib, mutlaq balandligi 149 m[3] ni tashkil etadi.

Adeleyd daryosi k Adeleyd-River nomli kichik shaharchani o'z ichiga oladi.

Adeleyd daryosi Jon Lort Stoks va L. R. Fitsmoris tomonidan 1839-yilda "Beagle" kemasida Shimoliy hudud qirgʻoqlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazayotgan vaqtida kashf etilgan[4]. Sayohatchilar daryoni Britaniya qiroli Uilyam IV ning rafiqasi Adelaid Saksen-Mayningen sharafiga nomlashgan. Keyinchalik, 1862-yilda Jon Makdouell Styuart tomonidan ushbu daryo qayta oʻrganilgan (inglizcha: John McDouall Stuart)[5].

Tuproqning unumdorligi yuqori boʻlganligi sababli, 1881-yilda koʻchmanchilar sugʻoriladigan dehqonchilikka oʻtib, qahva, shakarqamish, kauchuk yetishtirishga harakat qilishgan. Biroq 1886-yildagi noqulay iqlim sharoiti tufayli ushbu hudud tashlab ketilgan. 1954-yilda guruch yetishtirishga urinib koʻrishgan, ammo barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan tashqari ushbu daryoda zaharli ilonlar mavjud.

Daryo subekvatorial zonada joylashganligi sababli, unda ikki mavsum mavjuddir,ular: quruq va nam. Quruq mavsumda daryo yuqori oqimlarda quriydi, quyi oqimlarda aksincha, sayoz bo'ladi va nam mavsumda tropik yomgʻir tufayli daryoga suvlar quyiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Adelaide River, Northern Territory Australia“ (deadlink). Totaltravel (2011 [last update]). 2012-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2012-12-01 sanasida arxivlangan)
  2. Steve Parish: Australian Touring Atlas. Steve Parish Publishing, Archerfield QLD 2007. ISBN 978-1-74193-232-4. S. 95
  3. Map of Adelaide River, NT. Bonzle.com“. maps.bonzle.com. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
  4. „Дневник Джона Лорта Стокса.“ (en). www.gutenberg.org. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
  5. „Журнал Джона Мак-Дональ Стюарта.“ (en) (deadlink). 2008-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2008-09-17 sanasida arxivlangan)

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Adelaida, reka // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.