Adam Smith
| Tugʻilgan | 5-iyun, 1723-yil |
|---|---|
| Vafot etgan | 17-iyul, 1790-yil (67 yoshda) |
Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, eski yil boʻyicha)(16-iyunda yangi yil boʻyicha), 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Hayoti va ijodi [tahrir]
Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan. Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 - yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmaqi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan. 1750-yillarda Adam Smith oʻzidan oʻn yosh katta boʻlgan David Hume bilan tanishadi.Ular qarashlarining oʻhshashligi ularning qoʻyidagi fanlarda birga olib borgan izlanishlarida oʻz aksini topgan: tarix, siyosat, falsafa, iqtisodiyot va din. Bu shuni koʻrsatadiki ular birga intellektual alyans tashkil etishgan, bu esa Shotlandiyaning uygʻonish bosqichida muhim rol tutgan.
1751-yilda Adam Smithga mantiq fani boʻyicha Glazgo Universitetida professorlik unvoni berilgan. Smith etika, ritorika, huquqshunoslik va siyosiy iqtisodiyot boʻyicha ma`ruzalar oʻqigan.1759 - yilda A.Smit ma`ruzalar toʻplamidan iborat maqolani chop etgan.A.Smit oʻzining bu maqolasida etik hulq qoliblari toʻgʻrisida gapirib oʻtgan va uni aholini muqobil holatda ushlab turuvchi qurol sifatida ko’rsatib oʻtgan.
Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan.
Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu erda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi. Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu bozorning koʻrinmas qoʻli – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi.
1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 - yilda vafot etgan.
Havolalar [tahrir]
- Concise Encyclopedia of Economicsda biografiyasi (ingl.)
- Adam Smith'ning MetaLibri'dagi sahifasi (ingl.)
- Life of Adam Smith by John Rae, at the Library of Economics and Liberty
- The Celebrated Adam Smith by Murray N. Rothbard; full text of Chapter 16 of An Austrian Perspective on the History of Economic Thought, Vol. I and II, Edward Elgar, 1995; Mises Institute 2006
- Smith's works
- Brad deLongʻs Adam Smith page
- The Adam Smith Institute (ingl.)
- Grave of Adam Smith on the Famous Economists Grave Sites
- Adam Smith - Important Scots
- Reflections on Smith's ethics PDF (129 KiB)
- Adam Smith on the 50 British Pound (Clydesdale Bank) banknote
- "The Betrayal of Adam Smith" by David C. Korten
- Adam Smith - A Primer by Eamonn Butler. Introduction to Smith's work, free download
- An Essay In Vindication Of The Continental Colonies Of America,From A Censure of Mr Adam Smith, in His Theory of Moral Sentiments. With Some Reflections on Slavery in General.By an American,1764
- Timeline of the Life of Adam Smith (1723-1790) at the Online Library of Liberty
- Timeline of the Scottish Enlightenment at the Online Library of Liberty